"Manchester Yunayted" Neymar uchun 200 mln. evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2017, 12:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona" hujumchisi Neymar xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi vakillari Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan bog'lanishdi. Unga yozda Kataloniya klubi bilan bog'lanib, o'yinchi uchun 200 mln. evro to'lashga tayyorliklarini aytishdi. Neymarning o'ziga soliqlarsiz 25 mln. evrolik maosh taklif qilishmoqda. Bu braziliyalik hozir olayotgan maoshdan deyarli ikki baravar ko'p.

Neymarning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha amalda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es