"Manchester Yunayted" Maktomineyni sotmaydi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023, 13:17
Bir nechta klublar shotlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

"Manchester Yunayted" klublarni yanvar oyidagi transfer oynasida Skott Maktomineyni sotib olishga urinmaslikka chaqirdi. Bu haqda "90 min" xabar bermoqda.

Futbolchiga APL klublari "Everton", "Sautgempton", "Lids", "Vest Xem" va "Lester" klublari qiziqish bildirgan, biroq u sotuvda mavjud emasligi aytilgan.

26 yoshli shotlandiyalikning "Manchester Yunayted" bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

Maktominey joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min