"Manchester Siti"ning uch himoyachisi mavsum yakunigacha safdan chiqdi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022, 19:15
"Manchester Siti" himoyachilari Ruben Diash, Jon Stounz va Kayl Uoker jarohati sabab Premer-liganing mavsumdagi qolgan uchta o'yinida ishtirok eta olmaydi.

Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola aytib o'tdi.

Bir kun avval Diash Premer-liganing "Nyukasl"ga qarshi o'yinida (5:0) mushaklari shikastlangani uchun tanaffusda almashtirilgandi.

Avvalroq Uoker to'pig'idagi muammolar tufayli Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk o'yinini (1:3) o'tkazib yuborgan, Stounz esa tizzasidan olgan jarohati tufayli so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yuborgandi.

“Siti” oxirgi uch uchrashuvni safarda “Vulverxempton”, “Vest Xem” va o'z maydonida “Aston Villa”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports