"Manchester Siti" yozda katta transferga qo'l urmoqchi

Alisher
4 fev 2024
"Manchester Siti" "Kristal Pelas"ga yarim himoyachi Mayk Olise bo'yicha katta taklif tayyorlamoqda.

"Shaharliklar" 60 million funt sterlingdan ortiq to'lashlari mumkin. O'yinchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli francuz 2021 yildan beri London klubida o'ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/reluctantnicko