"Manchester Siti" Yanuzayni sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 19:39
"Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ning bo'lajak yulduzi Adnan Yanuzayni sotib olmoqchi.

"MYU" ustozi Devid Moyes futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlamasa, klub esa Yanuzayga yaxshilangan shartnoma taklif qilmasa u holda yosh futbolchi boshqa klubga o'tishi mumkin.

Futbolchining "Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda tugaydi, shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar aprel oyidan buyon natijasiz davom etmoqda.

Moyes Yanuzay klub bilan yangi shartnoma tuzishiga ishonishini ma'lum qilgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru