“Manchester Siti” xo'jayinlari yana bir klubni sotib oladi

5 mar 2020, 09:05
Bu safargi xarid Fransiyadan bo'ladi.

Qayd etilishicha, City Football Group kompaniyasi Fransiyaning “Nansi” klubini sotib olishga yaqin turibdi. Klubning amaldagi prezidenti Jak Russelo “Nansi” sotilgan taqdirda ham yaqin ikki mavsum o'z lavozimida qoladi.

Eslatib o'tamiz, City Football Group kompaniyasi ayni damda “Manchester Siti”, “Nyu-York Siti”, “Melburn Siti” kabi klublarga egalik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe