"Manchester Siti" va "Barselona" "Bavariya" futbolchisi uchun 50 mln. evro bermoqchi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 15:39
"Bavariya" himoyachi Joshua Kimmixga birdaniga ikki klub qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli nemisni "Manchester Siti" va "Barselona" qo'lga kiritmoqchi. Ikki klub futbolchi uchun 50 mln. evro berishga tayyor.

"Bavariya" sport direktori Mixael Reshkening so'zlariga ko'ra, Kimmix uchun 50 mln. evro kam.

"Bavariya" Kimmixni 50 mln. evroga sotmaydi. Joshuaning narxi qimmat" - deydi Reshke.

"Manchester Siti" ikki marta Joshua Kimmixni sotib olmoqchi bo'lgan, ammo transfer amalga oshmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild