

"Shaharliklar" 23 yoshli himoyachining transferi bo'yicha "Vulverxempton" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano. Bitim qiymati taxminan 40 million evroni tashkil etadi.
Futbolchi shanba kuni yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ait-Nuri chap qanot himoyachisi hisoblanadi.
Rayan o'tgan mavsumda APLda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.




