

U klub bilan xayrlashgan Shavkat Mullajonovdan so'ng ikkinchi futbolchi bo'ldi. Mamazulumov birinchi davrani “Navbahor”da o'tkazgan, keyin esa “Loko” tarkibidan joy olgandi. U “temiryo'lchilar” safida uchta gol urishga erishdi. Uning gollari “Neftchi”, “Olmaliq” va “Navbahor” bilan kechgan bahslarda jamoamizga g'alaba keltirdi. Biz Mo'ydin Mamazulumovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.



