Makgregor "Manchester Yunayted"ni xarid qilmoqchi

Alisher
21 apr 2021, 12:24
Aralash jang ustasi Konor Makgregor Gleyzerlar oilasi Yevropa Superligasi muvaffaqiyatsizligidan so'ng "Manchester Yunayted" akciyalarini sotmoqchi ekanligiga munosabat bildirdi.

"Yigitlar, barchaga salom. Men "Manchester Yunayted"ni xarid qilish haqida o'ylab qoldim. Bu borada nima deya olasiz?", - deb yozdi sporchi tvitter sahifasida.

Oldinroq, barcha Angliya klublari bosim sabab yangi turnir ishtirokchilari safidan chiqishgan edi.

"Qizil iblislar" joriy mavsum Angliya chempionatida 66 ochko to'plagan holda jadvalda ikkinchi o'rinda borishmoqda.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia