Maykon: "O'g'lim nimaga maydonga tushmayotganimni so'raganida vaziyatni o'zgartirishga qaror qildim"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 17:45
"Roma" himoyachisi Duglas Maykon Braziliya terma jamoasiga qaytishini izohladi.
"So'nggi ikki yil davomida og'ir damlarni boshimdan o'tkazdim. O'yinimda pasayish sodir bo'ldi.

Shunday kunlarning birida o'g'lim menga savol berdi: "Nimaga futbol o'ynamay qo'ydingiz?" O'ylanib qoldim. Shunda vaziyatni o'zgartish kerakligini tushundim", – deydi Maykon.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru