Lyakazett "Arsenal"dan ketishga qaror qildi

Alisher
2 mar 2021, 18:00
Fransiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazett yozgi transfer oynasida klubdan ketishni rejalashtirmoqda.

"Arsenal" rahbariyati 29 yoshli futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishiga tayyor. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq OAVda Lyakazett bilan "Monako", "Atletiko" va "Real" klublari shartnoma imzolashni xohlayotgani xabar qilingan edi.

Aleksandr joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football London