"Arsenal" hujumchisi Lukas Podolski APL 17-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda "kanonirlar" rasmiy sayti.
Podolski bir oy oldin umumiy guruhga qaytgan, biroq hozirga qadar umuman qaydnomaga kiritilmagandi. "Chelsi"ga qarshi o'yinga esa germaniyalik futbolchi tayyor bo'lishi mumkin.