Luis Suares: Men uchun bu katta yutuq

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2014, 09:06
Liverpul hujumchisi Luis Suares mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

APLda kuchli futbolchilar judayam ko'p. Ular seni eng yaxshi deb topishsa bu katta faxrdir.

Bu unvon butun klubning yutug'idir. Ularsiz men xes qanday sovrin yuta olmagan bo'lar edim, – deydi Suares.

Suaresning so'zlariga qaraganda, Liverpulning hizmati ushbu yutuqda 95% ni tashkil etar ekan.

Futbolchi ushbu mavsumda APLda 31 ta o'yinda 30 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifiga aylangan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru