Luis Enrike Pedro va Bartra bilan xayrlashmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 16:10
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Pedro Rodriges va himoyachi Mark Bartra bilan xayrlashmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar ustozi o'z futbolchilaridan mamnun va ularni kamida 2016 yilning yanvarigacha jamoada olib qolmoqchi.

Ayni damda Luis Enrikeni Pedro va Bartra borasidagi savol tashvishga solyapti. Ikkala futbolchida ham yaxshi taklif bor. Murabbiy futbolchilarni saqlab qolmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com