Luis Enrike: "Og'ir o'yinda xarakter ko'rsatdik"

Mirjalol Normatov
27 noya 2025, 23:50
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike YCHL umumiy guruh bosqichi 5-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin yakunlari haqida to'xtaldi.

"Biz xarakter ko'rsatdik. Raqib oddiy emasdi, qiyin o'yin bo'ldi. "Tottenxem" zo'r o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ular yaxshi himoyalanishdi.

Vitinya ham jamoa kabi o'smoqda. Agarda individual sovrinlar yutishni istasang, albatta, jamoaviy sovrinlar yutish kerak. U boshqacha futbolchi. Vitinya uchun xursandman, u yaxshi mehnat qilmoqda, hatto gol o'tkazib yuborsak ham xarakter ko'rsatishga harakat qiladi. U qiyin paytda penaltidan gol urdi. Uning jamoada ekanligidan mamnunmiz", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com