Luis Enrike kelasi mavsumda ham "Barselona"da ishlamoqchi

Aslanov Jasurbek
3 may 2016, 12:12
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Kataloniya klubidagi shartnomasida ko'rsatilgan muddat tugamaguncha klubda qolmoqchi.

Bu haqda mutaxassis o'z yaqinlarga e'lon qildi. Jamoa Chempionlar ligasini tark etganida murabbiyning hafsalasi pir bo'ldi. Ammo bu Luis Enrikega iste'foga chiqish uchun sabab bo'la olmaydi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va Kubogida g'olib chiqish imkoniyatiga ega.

Luis Enrikening "Barselona" bilan kelishuvi 2017 yilning yozigacha amalda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es