Luis Enrike: "Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qila olmadik"

Mirjalol Normatov
27 mar 2022, 13:13
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Albaniya (2:1) termasiga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Ushbu raqib bilan o'yin oson bo'lmasligini bilardik. Uchrashuvning dastlabki bo'limini to'psiz o'tkazdik, ko'p kuch yo'qotdik. Demak, jamoa o'yinni nazorat qilmadik. Ikkinchi bo'limda esa biroz yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Yigitlar tashabbusni qo'lga olib, ko'plab vaziyatlar yaratishi va 90-daqiqada yaxshi gol urishdi. Himoyaning o'yinidan mamnunman. Bizdagi hujum chizig'i esa istalgan paytda o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin edi.

Barselonada mag'lub bo'lish men uchun og'ir bo'lardi. Ushbu stadionda murabbiy va futbolchi sifatida ko'plab g'alabalarga erishganman. Buni hech nima bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Qatardagi jahon chempionatini intiqlik bilan kutyapman. Barcha e'tiborim o'sha erga qaratilgan", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS