Loris 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi

7 okt 2019, 21:45
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Tottenxem" darvozaboni Ugo Lorisning tiklanish muddati haqida gapirib o'tdi.

Fransiyalik futbolchi APL 8-turining "Brayton"ga qarshi o'yinida qo'lidan jiddiy jarohat olgan edi. 

"Ugo qachon safga qaytishini aniq aytish qiyin. Uning bu va keyingi Evro-2020 saralash o'yinlarida yordam bera olmasligi ma'lum bo'ldi. Loris 2019 yil maydonga qaytmasligi haqiqatga yaqin", - deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirdi France 24 nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: france24.com