Lokomotiv o'z uyida Dinamo ustidan irodali g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
4 may 2013, 16:03
Oliy liganing 7-turini ochib beruvchi o'yinda Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z uyida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Vladimir Kilikevichning burchakdan oshirib bergan to'pini mehmonlar vakili To'lqin Mirzaev darvozaga yo'lladi- 0:1. Ushbu gol "Dinamo" uchun mavsumdagi dastlabki gol bo'ldi! Ammo oradan 6 daqiqa o'tgach hisob tenglashdi - 1:1. Islom Inomovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Farhod Tojiev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bu Farhodning mavsumdagi 8-goli bo'ldi. Shundan so'ng Tojievda ikki marta birga-bir vaziyat bo'ldi. Ammo ikkala safar ham hujumchi gol ura olmadi. 40-daqiqada mehmonlar darvozaboni Andrey Melnichuk jarohatlanib o'z o'rnini Igor Mixaylovga bo'shatib berdi. Dastlabki bo'lim yakunlandi. 

Ikkinchi bo'lib davom etmoqda. 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ivan Nagaevning pasidan so'ng Farhod Tojiev o'z dublini rasmiylashtirdi - 2:1. 82-daqiqada Ivan Nagaev raqib darvozabonining xatosidan so'ng "Dinamo" darvozasini ishg'ol qildi - 3:1. Uchrashuv mana shu hisob bilan yakunlandi va "Lokomotiv" peqadamligini mustahkamlab oldi.

Lokomotiv (Toshkent) - Dinamo (Samarqand) - 3:1 (1:1)
Gollar:
To'lqin Mirzaev 15, - 0:1 (pas Vladimir Kilikevich). Farhod Tojiev 21, - 1:1 (pas Islom Inomov). Farhod Tojiev 64, - 2:1 (pas Ivan Nagaev). Ivan Nagaev 82, - 3:1.
"Lokomotiv": Pavel Bugalo, Bobur Yo'ldoshev, Sadriddin Abdullaev, Akmal Xolmatov (Sanjar Tursunov, 77), Farhod Tojiev (Zayniddin Tojiev, 83), Jasur Hasanov (Ivan Nagaev, 55), Salim Mustafoev, Islom Inomov, Islom To'xtaxo'jaev, Viktor Karpenko, Dilshod Jabborov.
Zaxira: Temur G'aniev, Dilshod Raxmatullaev, Shadrin Aleksandr, Sherzod Sharipov.
"Dinamo": Andrey Melnichuk (Igor Mixaylov, 40), Akmal Bozorov, Vladimir Klilikevich, To'lqin Mirzaev, Aleksandr Kleckov, Akmal Xolmurodov, Siroj Sayfiev, Azamat Bobojonov (Komil Sharofetdinov, 50), Firdavs Abdusalimov (Bobur Nasimov, 72), Timur Dadashev, Nodir Sanoqulov.
Zaxira: Yunus Suyunov, Islom Hamidov, Abdulla Nabiev.

 

Narzulla SaydullayevMuallif