"Lokomotiv": Marat Bikmaevga savol yuborish to'xtatilganini ma'lum qilamiz

Narzulla Saydullayev
12 apr 2015, 08:54
Toshkent, 12 aprel - Jamoamiz hujumchisi Marat Bikmaevga o'z savollaringizni elektron manzilimiz orqali yozib yuborishingiz mumkin deya e'lon qilgandik.
Hozirgacha pochtamizga muxlislardan bir nechta savollar kelib tushdi va bugun 12 aprel, soat 9:00dan e'tiboran savol jo'natish to'xtatilganini ma'lum qilamiz.

Hujumchimizni hurmat qilgan holda savol yuborgan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. Yaqin kunlar ichida Marat Bikmaev albatta hamma yuborilgan savollarga javob qaytaradi. Bizni o'qishda va "Lokomotiv"ga ishqibozlik qilishda davom eting. Aytgancha, bizni shuningdek Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib borishingiz mumkin.

Feysbukdagi sahifamiz: facebook.com/PFCLokomotiv
Tvittyerdagi sahifamiz: twitter.com/LokomotivUzb
Instagramdagi sahifamiz: instagram.com/pfc.lokomotiv

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz