"Lokomotiv" kecha bir mahal shug'ullandi, bugun o'rtoqlik uchrashuvi bor

Xayrulla Xoliqov
31 yanv 2021
28 yanvardan Turkiyaning Side shahrida qishki o'quv-yig'in olib borayotgan "Lokomotiv" mashg'ulotlarga zo'r bermoqda.

Kecha "temiryo'lchilar" maydonda bir mahal shug'ullanishdi. Sababi jamoa bugun dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib - Ukrainaning "Desna" klubi.

Raqib haqida ma'lumot bersak, "Desna" Ukraina oliy ligasida to'p suradi va birinchi davradan so'ng chempionatda 3-o'rinda boryapti. Peshqadam "Dinamo Kiev" 30 ochko to'plagan, 2-o'rindagi "Shaxtyor" hisobida 29 ochko mavjud bo'lib, "Desna" 13 tur yakunlariga ko'ra 23 ochko to'plagan.

Bugungi bellashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da start oladi.







Reklama 




Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz