

8 yanvardan boshlangan yig'in kecha yakuniga etdi va jamoamiz Toshkentga qaytib keldi.
Ikki hafta davom etgan yig'in mobaynida “Temiryo'lchilar” 2 bor sinov-nazorat bahsida maydonga tushishdi. Dastlab Saudiya Arabistonining “Al Qodisiya” klubiga qarshi, so'ngra Rossiyaning “Zenit” jamoasi bilan ham 0:0 hisobida durang o'ynaldi.
Shu o'rinda takidlash joizki, mazkur yig'in davomida tarkibda bir qator o'zgarishlar ham yuz berdi. Misol uchun, ilgari jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar – Server Jeparov, Temurxo'ja Abduholiqov va Sanjar Shoahmedovlar boshqa jamoalar safiga yo'l olishgan bo'lsa, yig'inga Kot-d’Ivuarning eng istedodli yosh futbolchilaridan biri deya etirof etilayotgan Junior Axissan Lendri kelib qo'shildi.
Shu tariqa jamoamiz a'zolariga qisqa tatil berildi va mashg'ulotlar endilikda 25 yanvar sanasidan poytaxtimizda davom ettiriladi. Unda Sadriddin Abdullaev hamda jamoamizning yangi a'zosi Murod Bobojonov ham ishtirok etadi.



