"Lokomotiv" - "Al Rayan" uchrashuviga oid ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
21 may 2019, 13:14
Bugun "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichi oxirgi tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" o'z uylarida Qatarning "Al Rayan" klubini qabul qilishadi. Uchrashuv 19:00da boshlanadi. Quyida mazkur bellashuvga doir ma'lumotlarni keltirib o'tamitz. 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" 2016 yil guruhdan chiqishni uddalab, chorak finalga qadar yetib borgandi. Shundan beri qatorasiga uchinchi yil o'z ishtirokini guruhda yakunlayapti. 

- "Lokomotiv" bungacha o'z maydonida Qatar klublari bilan ikki marta bahs olib borgan. Jamoa 2015 yil "Al Sadd"ni 5:0 hisobida mag'lub etib, o'tgan mavsum "Al Duhayl"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

- "Lokomotiv" ketma-ket 9ta o'yindan beri raqib darvozasiga to'p kiritib kelmoqda. Bu klub uchun eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

- Jamoaning bu mavsum OCHLdagi eng yaxshi to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov. Uning hisobida hozircha 3ta gol bor. 

- Bugungi uchrashuvni Davron Hoshimov sariq kartochkasi ikkitaga etgani tufayli o'tkazib yuboradi.

- "Lokomotiv" oxirgi o'yinini Superliga 9-tur doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib 0:0 hisobini qayd etdi.


"Al Rayan"

- "Al Rayan" guruh bosqichida 9-marta ishtirok etyapti. Shunga qaramay jamoa biror marta ham guruhdan chiqa olmagan. 

- "Al Rayan" bungacha safarda 26ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan faqat bittasida g'alabaga erishgan. Yagona g'alaba 2012 yil 1:0 hisobida "Nasaf" ustidan qo'lga kiritilgan. 

- "Al Rayan" bu yil guruh bosqchida 7ta gol urgan bo'lsa, shundan to'rttasi venesuelalik hujumchi Gelmin Rivasga tegishli.

- "Al Rayan" qatorasiga 13ta o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazib kelyapti. Har bir o'yinda o'tkazib yuborilgan o'rtacha gol 2,42ni tashkil etadi. 

- "Al Rayan" Qatar chempionatini 4-o'rinda tugatdi. Shuningdek, Amir Kubogida yarim finalga qadar borib "Al Sadd"ga mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia