Liverpulning mashg'ulot formasida Indoneziya aviakompaniyasi reklama qilinadi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2014, 23:57
Indoneziyaning Garuda Indonesia aviakompaniyasi Liverpul bilan hamkorlikni kengaytirdi.
Kompaniya klub tarixida mashg'ulot ekipirovkasida reklama qilinadigan birinchi hamkorga aylandi. Kelishuv 2014 yil 1 iyunidan kuchga kiradi va ikki yil amal qiladi.

Indoneziyaning milliy aviakompaniyasi 2012 yil Liverpulning rasmiy aviatashuvchisiga aylangandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru