Liverpul Xabi Alonsoni qaytarmoqchi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2015, 08:30
Bavariya yarim himoyachisi Xabi Alonso Liverpulga qaytishi mumkin.

Mersisayd klubi yozda erkin agentga aylanadigan 33 yoshli ispaniyalik futbolchi o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Oldinroq Bavariya Xabi Alonso bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar chiqqandi. Unga Inter ham da'vogarlik qilmoqda.

Futbolchi Liverpulda 2004-2009 yillarda o'ynagan. Ushbu jamoa bilan birga 2005 yilda Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de