Liverpul va Everton bitta darvozabonga qiziqishmoqda

Narzulla Saydullayev
16 fev 2014, 16:00
Levante darvozaboni Keylor Navas Liverpul va Everton qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Liverpul shahrining ikki klubi 27 yoshli kostarikalik posbonni kuzatishmoqda. Navasning transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.

Levante o'z darvozaboni bilan yozda xayrlashishga tayyor. Navasning klub bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil yozida tugaydi.

Posbonga Atletiko va Sevilya ham ko'z olaytirmoqda.

Navas bu mavsumda Primerada 23ta o'yinda maydonga tushdi va 11ta uchrashuvda gol o'tkazmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru