"Liverpul" portugaliyalik murabbiyni olib keladimi?

Alisher
3 mar 2024, 18:22
Yurgen Klopp mavsum so'nggida "Liverpul" bosh murabbiyligidan ketadi.

Uning o'rniga Xabi Alonso bosh da'vogar sifatida ko'rilmoqda, ammo uni yaqin yozda olib kelish qiyin masala.

"Liverpul" shuningdek Ruben Amorim nomzodini faol tarzda o'rganmoqda. APL grandi vakillari payshanba kuni Portugaliya liga kubogiga tashrif buyurishdi. Unda Amorimning "Sporting"i "Benfika"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

"Liverpul"ning 39 yoshli Amorim bilan muloqot o'tkazishi kutilmoqda. Portugaliyalikning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal