"Liverpul" Moratani xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 14:47
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi rahbariyati 23 yoshli hujumchini Deniel Starrij o'rinbosari sifatida ko'ryapti. "Yuventus" Moratani 60 mln. evrodan kamiga sotmoqchi emas, ammo turinliklar PSJ hujumchisi Edinson Kavanini xarid qilmoqchi. Bu transfer Morataning o'yin amaliyotisiz qolib ketishiga sabab bo'ladi.

Morata joriy mavsumda A Seriyaning 18 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport