

"Sunday Express" xabariga ko'ra, "Liverpul" hujumchisi Sadio Mane yozda jamoani tark etishi mumkin.
"Qizillar" 28 yoshli senegallikni PSJ forvardi Kilian Mbappega almashishmoqchi. Ayni damda fransiyalikning transferini Yurgen Klopp talab qilmoqda.
O'z navbatida hujumchi ham YCHLni yutish maqsadida kuchli jamoalarga o'tishga qarshi emas.
Ushbu mavsumda 21 yoshli fransiyalik 20 o'yinda 18 gol va 6 assist qayd etdi.



