"Liverpul" ham Superligaga qarshi chiqdi

Mirjalol Normatov
22 dek 2023, 19:59
"Liverpul" ham Yevropa Superligasida ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Kecha Yevropa Ittifoqi Superliganing foydasiga qaror chiqargan bo'lsa-da, ayni damga qadar jamoalar bunda ishtirok etmasligi borasida bayonot bilan chiqmoqda.

"Yevropa Ittifoqining qarori "Liverpul"ning poziciyasini o'zgartirmaydi. Bizning Superligada ishtirok etish masalamiz yopilib bo'lgan.

Biz Yevropa klublari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda va UEFA bayrog'i ostida turnirlarda ishtirok etishda davom etamiz", - deb yoziladi bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com