Lionel Messi hech qachon o'z o'yinlarini ko'rmas ekan

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2018, 09:21
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi AS nashriga bergan intervyusida o'z o'yinlarini televizorda qayta ko'rmasligini ma'lum qildi.

“Men hech qachon o'z o'yinlarimni tomosha qilmayman. Bu holat, yani tashqaridan o'zimni ko'rish yoqmaydi. Hamisha kelajak sari intilib kelganman. Lekin Ispaniya La Ligasining boshqa o'yinlari, shuningdek, Argentina chempionati va Libertadores Kubogi uchrashuvlarini kuzatib boraman”, - dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, kecha oqshom “Barselona” mehmonda Luis Suares va Usmon Dembele tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Real Sosedad” klubini 2:1 hisobida mag'lub etib, 12 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib olgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif