Levandovski: "Bir kun kelib Angliya yoki Ispaniyada o'ynashim mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2016
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski bir kun kelib ingliz yoki ispan klubiga o'tishi mumkinligini aytdi.

"Bir kun kelib Angliya yoki Ispaniyada o'ynashim mumkin. Ammo "Bavariya"ga bog'langanman, chunki bu klubni o'sish va sovrin qo'lga kiritish uchun ideal joy deb hisoblayman. Jamoa har mavsum kamida Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqadi.

"Real", "Barselona" va "Atletiko"dan boshqa qaysi klub shunday barqaror? Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman, ammo Myunxenda baxtliman" - deydi polshalik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football