Levandovski: "Barselona" bilan sovrinlar yutishni istayman"

Mirjalol Normatov
20 iyul 2022, 23:52
"Barselona" hujumchi Robert Levandovskini yangi futbolchisi sifatida tanishtirdi.

Marosim "Barselona" mavsumoldi tayyorgarlikni olib borayotgan Mayami shahrida bo'lib o'tdi.

"Shunday buyuk klubda sovrinlar yutishni, muvaffaqiyatlarga erishishni istayman. Maydonda chin yurakdan mehnat qilishga tayyorman. Ilk o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman. Bu yerda bo'lish ajoyib.

To'purarman, tushunib turibmanki, muxlislar mendan ko'plab gollar va jamoaga shunday yordam berishimni kutishyapti. Ammo men bundan-da ortig'iga harakat qilaman", - dedi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal