Levandovski "Barsa"ga o'tish oldidan "Bavariya" o'yinchilari bilan xayrlashdi. U mashg'ulotlarga o'z vaqtida keldi

Alisher
16 iyul 2022, 14:47
Robert Levandovski so'nggi bor "Bavariya" mashg'ulotlariga keldi.

Polyak ertalabki mashg'ulotlarda jamoadoshlari bilan xayrlashdi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Oldingi uch mashg'ulotga kechikib kelgan 33 yoshli futbolchi bu safar o'z vaqtida keldi.

Levandovski "Barselona" bilan yaqin 24 soat ichida shartnoma imzolaydi.

Oldinroq, "Barselona" va "Bavariya" Robertning 45+5 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishgani ma'lum bo'lgan edi. Uning shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilga qadar mo'ljallanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano