“Lester” futbolchisi: “APLga moslashishi uchun unga 1 hafta kifoya qildi"

Eldor Akmurzayev
23 may 2020, 19:30
Portugaliyalik himoyachi Rikardu Pereyra “Manchester Yunayted” a'zosi Brunu Fernandesh haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Odatda, Premer-Ligaga keladigan futbolchi mavsum davomida moslashib borishiga to'g'ri keladi. Brunu Fernandesh esa adaptaciya davrini atigi bir hafta ichida yakunladi.

MYUning u bilan omadi keldi. Brunu – juda kuchli yarim himoyachi, unda o'ziga xos to'p uzatish texnikasi, maydonni ko'ra olish qobilayati va vaziyatni o'zgartirish jihatlari yaxshi shakllangan”, deydi Pereyra.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports