Lempard: “Chelsi uchun jiddiy sinov bo'ladi”

17 dek 2019, 00:57
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard YCHL 1/8 finaliga tashlangan qur'adan keyin o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

“Qur'a kuchli raqibga ro'baru qildi. Bir tomondan bu yaxshi. Biz guruhdan pley offga yo'l olganimizda qitaning top klublaridan biri bilan ro'baru kelishimizni bilardik va shunday bo'ldi ham.

“Bavariya” bilan o'zaro o'yinlarimizning o'zgacha tarixi bor. Bunday bahslar biz uchun katta sinov bo'ladi. Biz bunga tayyormiz va bahsni sabrsizlik bilan kutayapmiz”, deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" клуби расмий сайти