“Las-Palmas” - “Selta”. Uchrashuvda 7 ta gol kiritildi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2017, 02:22
Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv ham hozirgina o'z yakuniga etdi.

Vigoning “Selta” klubi 7 ta gol kiritilgan uchrashuvda “Las-Palmas” maydonidan yirik g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi. Mezbonlar vigolik futbolchilarning gollariga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalardagina javob qaytarishga erishdi.

Lekin bu “Las-Palmas”ni mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi. “Selta” tarkibida Yago Aspas xet-trikka erishdi. Jamoa bugungi g'alabasi evaziga 11 ochko bilan 10-o'ringa ko'tarilib oldi. “Las-Palmas” esa 6 ochko bilan 18-o'rinda qoldi.


Ispaniya chempionati. 8-tur

Las-Palmas – Selta 2:5 (0:2, 2:3)

17 oktyabr, 00.00. “de Gran Kanariya” stadioni

Gollar: 0:1 – 16 Mor, 0:2 – 20 Aspas, 0:3 – 49 Aspas, 0:4 – 71 Ernandes, 0:5 – 76 Aspas, 1:5 – 90 Vitolo, 2:5 – 90 Remi.

“Las-Palmas” – Chichisola, Masedo (Lemos, 62), Garsiya Santana, Borxa Errera (Vitolo, 62), Bigas, Viera, Santana, Momo (Remi, 46), Akvilani, Tannane, Kaleri.

“Selta” – Blanko, Kastro, Gomes, Kabral, Vass, Lobotka, Ernandes (Radoya, 80), Mor (Alvares, 55), Xosabed (Fontas, 64), Sisto, Aspas.

Ogohlantirishlar: Xosabed (27), Bigas (51), Akvilani (61).

Chetlatish: Blanko (52).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif