Lamela va Vuchinich klublarini almashtirishlari mumkin

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 00:54
Sky Sports nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" va "Yuventus" o'zaro futbolchi almashishlari mumkin.
Inglizlar Italiyaga hujumchi Erik Lamelani jo'natishsa, u yerdan Angliyaga chernogoriyalik forvard Mirko Vuchinich kelishi mumkin. 
Har ikki futbolchi ham o'z klublarida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayaptilar va yangi klubda shunday imkoniyat paydo bo'lishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net