Lallana Angliya terma jamoasining o'yinlarini o'tkazib yuboradi
Aslanov Jasurbek
23 mar 2015, 14:16
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana Litvaga qarshi Evro-2016 saralashi va Italiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Angliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Futbolchi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda (1:2) jarohat oldi.
Angliya terma jamoasi futbolchilari Freyzer Forster, Lyuk Shou ham jarohat olgan. Ularning o'rnini Rob Grin, Jek Batlend va Denni Rouz to'ldiradi.