Kurtua: "O'zimni jahonning eng yaxshi posbonlaridan biri deb hisoblayman va o'zimni "Real"da ko'rmayapman"

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017, 16:41
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua yana bir marotaba "Real"ga o'tmoqchi emasligini aytdi.

"O'zimni jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri deb hisoblayman. "Chelsi"da uzoqroq qolmoqchiman va o'zimni "Real"da ko'rmayapman. Mish-mishlarga keladigan bo'lsak, bu OAVning ishi. "Chelsi" bilan shartnomam yana ikki yil amalda. Londonda ishlarim yaxshi va baxtliman. Konte yaxshi ishlayapmiz, klubda esa uzoq muddatli loyiha bor" - deydi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser