Kurtua nega "Real"ga o'tganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 14:27
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yozda raqobat yuqoriligi uchun "Chelsi"dan "Qirollik klubi"ga o'tgan ekan.

"Hozir o'zimizga bo'lgan ishonch oshdi. Avval omad biz tomonda bo'lmagan edi, ko'p gol o'tkazardik. Bu klubda raqobat qanchalik yuqori ekanligini va murabbiy tanlovda qiynalishini bilardim, ammo aynan shu sabab tufayli "Real"ga o'tganman" - deydi belgiyalik futbolchi.

Joriy mavsum Kurtua LaLiganing 10ta uchrashuvida maydonga tushib, 15ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football