Kuman Runiga sardorlik bog'ichini bermasligini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2017, 10:25
Everton bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Ueyn Runini jamoa sardori etib tayinlamasligini aytib o'tdi.

Ueyn jamoa sardoriga beriladigan bog'ichsiz ham yetakchilardan biri bo'lib qolaveradi. U bunga o'rganib qolgan. Qo'lida bog'ich bo'ladimi yo'qmi unga farqi yo'q. U baribir jamoadoshlarini olg'a intilishga chorlayveradi.

Sardorlarni qayta tanlashning xojati yo'q. Men Fil (Yagelka), Garet (Berri) va Leyton (Beyns)ning harakatlaridan mamnunman. Hammasi avvalgidek qoladi, dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru