Kuman: "Noyabr oyida bizning chempionlik uchun kurasha olishimizni hech kim tasavvur ham qila olmayotgandi"

Mirjalol Normatov
4 apr 2021, 18:16
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman rahbariyat uning faoliyatidan mamnun bo'layotganligini aytib o'tdi.

"Rahbariyatning qo'llab-quvvatlovini his qilyapmanmi? Albatta, yangi rahbariyat mening ishimdan mamnun. Biroq bu biz tomondan bo'lgan o'zgarishlardan keyin shunday bo'ldi. Noyabr oyida bizni hech kim chempionlik uchun kurasha olishimizni tasavvur ham qila olmayotgandi. Hozir esa bizni faqatgina bir g'alaba Ispaniya Kubogi sovrinidan ajratib turibdi", - dedi Kuman.

Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal