"Kuchliroq bo'lib qaytaman" - Neymar

Sherzod Nurmatov
7 mar 2023, 15:37
PSJ hujumchisi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda jarohati haqida yangi post chop etdi.

Hujumchi 19 fevral kuni bo'lib o'tgan Fransiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Lill"ga (4:3) qarshi o'yinda jarohat olgandi. 31 yoshli braziliyalik yaqin kunlarda operaciya qilinadi. Neymar 3-4 oydan keyin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

"Men kuchliroq bo'lib qaytaman", – deb yozgan futbolchi.

Neymar 2022/23 yilgi mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France 24