Kuchli beshlik chempionatlarida faqatgina bir jamoa transferlarga qo'l urmadi

Mirjalol Normatov
9 avg 2018, 22:27
Angliya Premer-ligasi jamoalari uchun transferlar oynasi yopildi.

E'tiborli tomoni shundaki, liga tarixida 2003 yildan beri ilk marta bir jamoa umuman futbolchi transfer qilmadi. Bu "Tottenxem" klubi.

So'nggi kunlarda londonliklar "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishning xizmatlariga qiziqish bildirdi. Ammo transfer amalga oshmadi.

Qayd etish kerak, kuchli beshlik chempionatlarida faqatgina "Tottenxem" hech kimni sotib olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia