Kroos YCHLda uzoq tanaffusdan so'ng gol urdi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2021, 09:23
"Real" YCHL doirasida "Sherif"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu o'yinda "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos ham gol urdi. 

Bu germaniyalik futbolchi uchun 2019 yilning 22 oktyabridan so'ng YCHLda kiritilgan ilk gol bo'ldi. O'shanda u "Galatasaroy"ga qarshi bahsda gol urgandi. 

Shundan so'ng Kroos YCHLda 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsada, umuman gol ura olmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru