Krishtianu Ronaldu: "Menga muxlislik qiladiganlar Messini yomon ko'rishi shart emas. Raqobatimiz tugab bo'lgan"

Administrator
6 sen 2023, 23:51
Ular do'st emas, ammo bir birlarini hurmat qilishadi.

"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Messi bilan raqobat tugagani haqida gapirdi.

- Messini yoqtiradiganlar Ronalduni yomon ko'rishadi. Ronalduni yaxshi ko'radiganlar esa Messini yoqtirishmaydi...

- Yomon ko'rishadi? Men bunday deb o'ylamayman. Raqobatimiz tugab bo'lgan. Ajoyib bo'lgandi, muxlislarga bu yoqqan.

Krishtianu Ronalduni yoqtiradigan muxlislar Messini yomon ko'rishlari shart emas. Biz ikkalamiz ham yaxshi o'yinchilarmiz. Ikkalamiz ham futbolni o'zgartirdik. Bizni butun dunyoda hurmat qilishadi, eng muhimi shu. U o'z yo'lidan ketmoqda, men esa o'z yo'limdan. Unda barchasi yaxshi. 

Gap o'zimizdan meros qoldirishda davom etishimizda, men buni qarama-qarshilik deb qabul qilmayman. Avval ham aytgandim, biz 15 yil sahnani bo'lishib keldik. Oxirida biz do'st bo'lib kyetmadik, ammo bir birimizga nisbatan hurmat shakllandi, -deydi Krishtianu Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sapo