Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 900-uchrashuvini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018, 11:35
Portugaliya terma jamoasi va "Real" hujumchisi professional faoliyatidagi 900-uchrashuvda maydonga tushdi.

33 yoshli Ronalduning yubiley o'yini Misrga qarshi bo'lib o'tdi (2:1) va portugaliyalik 92 hamda 94-daqiqalarda gol urib, o'z jamoasiga g'alabani taqdim etdi.

Ronaldu faoliyati davomida "Real" safida 429ta, "Manchester Yunayted"da 292ta, Portugaliya terma jamoasida 148ta va "Sporting"da 31ta uchrashuv o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com