Krasnodar bosh murabbiyi: Jamoamiz Real Sosedaddan qo'rqayotgani yo'q

Narzulla Saydullayev
8 avg 2014, 21:29
Krasnodar bosh murabbiyi Oleg Kononov Yevropa ligasi pley-off bosqichidagi raqib Real Sosedad haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Albatta kuchsizroq raqib tushishi va keyingi bosqichga chiqishni istagandim. Ammo bu qur'a menga yoqdi, sababi bu mavsum Krasnodar uchun o'zgacha kechmoqda.

Biz o'zimiz bilan teng va kuchliroq bo'lgan klublarga qarshi o'ynashimiz kerak. Shu orqaligina rivojlanish mumkin. Krasnodar yangi marralar sari intilishda davom etadi.

Real Sosedad juda kuchli chempionatda ishtirok etadi. Ammo bizning jamoamiz raqibdan kam emas, biz undan qo'rqmaymiz. Menimcha bu teng kuchli ikki jamoa, - deydi Kononov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru